Ayollar qabr ziyorati

Assalomu alaykum! Men yaqinda otamni qabrilariga ziyoratga bordim. Sokinlik bilan tilovat qilib qaytdim. Qabristonga borsam o‘lim xaq ekanini anglab gunoxlardan tiyilishga xarakat qilaman. Qabristonga borgan kunim ertasiga onamlar bir tanish ayolga qizim kecha dadalarini qabrlarini ziyorat qilib keldi desalar buni eshitgan bir begona erkak “qizingizni eri bormi, bay bay qizingiz katta gunox qilibdi. Eri bilan nikoxini yangilab olsin, ayollarni qabristonga borishi zinoga teng, qizingiz zino qilibdi” deb 3-4 marta takrorlabdi. Onamni xam meni xam shundan beri ko‘nglimiz g‘ash. Men qabristonga borib shundayin yomon gunox qildimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha odam bekorlarni aytibdi. Ayollar shariat doirasida bo‘lib, gunoh ishlarga qo‘l urmasdan qabrlarni ziyorat qilishlari joiz. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 12:46 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar