Meros etim qolgan nabiralarga xam taqislanadimi

Assalomu alaykum! Bir erkak kishi vafot etgan bo‘lib, undan quyidagi merosxo‘rlar bor: 1 ta xotin; 4 ta o‘g‘il, shundan 1 tasi qazo qilgan bo‘lib, undan 2 ta o‘g‘il nabira bor; 3 ta qiz, shundan: 1 tasi qazo qilgan bo‘lib, undan 1 ta qiz nabira bor; 1 tasi beva bo‘lib ota qaromog‘ida, undan 2 ta o‘g‘il nabira bor. - savolim: bu xolatda etim qolgan nabiralarga ota yoki onasi orqasidan meros taqsimlanadimi? - Biz qo‘yidagicha hisob qilmoqchimiz, shu to‘g‘ri bo‘ladimi? 1 xotinga 8 dan 1 ulush, tirik farzandlar 3 o‘g‘il va 2 qizni hisobga olgan holda qolgan 7 ulush 8 ga bo‘linib, 3 o‘g‘ilga 2 hissadan 6 hissa, 2 qizga 1 hissadan 2 hissa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘g‘il qizlar turganida nabiralarga meros tegmaydi. O‘tib ketganlarga ham meros ajratilmaydi. 2). To‘g‘ri. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 13:19 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar