ZoodMall da 3 oyga narsa sotib olish

Assalamu alaykum! Xozirda (Zoodmall) ilovasi orqali internetdan 3 marta bo‘lib to‘lashga narsa sotadi. Buyurtma bergandan so‘ng maxsulotni 3 dan 1 qismi to‘lanadi, so‘ng qolganini 2 oyda to‘lash kerak bo‘ladi. Bunda maxsulot ustiga foiz qo‘yilmaydi. Faqat sharti to‘lovni kechiktirmaslik. Agar besabab to‘lov kechiktirilsa 70000 so‘mdan ko‘proq jarimasi bor(maxsulot turidan qatiy nazar). Shu savdo joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha kechiktirsa penya to‘lash sharti bayni fosid qiladigan shart hisoblanadi. Bu shart bilan savdo qilish joiz emas. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 149 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar