Namozni sekin o‘qish

Assalomu alaykum! Buyuk tobe’inlardan Horis ibn Qays aytdilar: Agar namozda bo‘lsang shayton: "Sen hozir kuzatilmoqdasan, namozingni uzun qil", deb riyo qilishga undaydi. Boshqa ibodatlarda ham mana shunday vasvasa qiladi. Shu aytilgan gap to‘g‘rimi? Man namozni iloji boricha uzoq o‘qirdim bu bilan shaytonga aldanib riyo qilayotganim yo‘qmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U gap odamlarni oldida, tomosha qilib turishganida uzun qilib o‘qish haqida aytilgan. Uyda xohlagancha uzun o‘qiyverasiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 11:24 | Savol-javoblar | 162 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar