Telefon quvvatini haqqini qaytarish

Assalomu alaykum! Byudjet tashkilotida ishlaymiz. Telefon quvvati tugaganda ishxonada quvvatlashga qo‘yamiz. Xisob-kitobga ko‘ra bir yillik quvvatlash uchun sarflangan quvvat baxosi 1-2$ ga teng. Avvalgi berilgan savol javobida shu summani qaytarib bering deyilgan edi. Savol: Shu miqdorda misol uchun gigiena vositalarini olib kelib xojaxona, yoki xona rakovina oldiga qo‘yib ketsak bo‘ladimi? Odatda bu narsalarni shu joylarda ishxona taminlashi kerak, lekin kamdan kam qo‘yiladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishxonadagi shu ishlarga mas’ul xodim bilan maslahat qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar