An’om surasidan savol

Assalomu alaykum Shayx hazrtatlari!Ustoz sizga va barcha musulmonlarga juma muborak bulsin!Avvalo sizga katta raxmat,hammamiz uchun foydali javoblaringiz uchun!Alloh sizga quch quvvat tani sihatlik ato qilsin.Ustoz yana vaqtingizni olishga ijozat bergaysiz151قُلْ تَعَالَوْاْ أَتْلُ مَا حَرَّمَ رَبُّكُمْ عَلَيْكُمْ أَلاَّ تُشْرِكُواْ بِهِ شَيْئاً وَبِالْوَالِدَيْنِ إِحْسَاناً وَلاَ تَقْتُلُواْ أَوْلاَدَكُم مِّنْ إمْلاَقٍ نَّحْنُ نَرْزُقُكُمْ وَإِيَّاهُمْ وَلاَ تَقْرَبُواْ الْفَوَاحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَلاَ تَقْتُلُواْ النَّفْسَ الَّتِي حَرَّمَ اللّهُ إِلاَّ بِالْحَقِّ ذَلِكُمْ وَصَّاكُمْ بِهِ لَعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ151 . Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: «Unga hech narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qo‘rqib, bolalaringizni o‘ldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. [u]Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang[/u]. Alloh harom qilgan jonni o‘ldirmang. Magar haq ila bo‘lsa, mayli. Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad aql yuritsangiz.»- deb ayt.Ustoz shu oyatdagi "Fahsh- buzuq ishlar"haqida kuproq ma‘lumot olishni hohlagan edim.Shunga Alloh yulida yordam bering iltimos.Omilik qilib tor uylab zinoga uxshash ishlar deb uylayapman.Siz olimsiz kengroq tushunsam degan edim. Alloh taolo sizni bu dunyoda ham oxiratda ham yaxshi mukofotlar bilan siylasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Urfda «fahsh, fohisha ish» deganda, ma’lum gunoh – zino tushuniladigan bo‘lib qolgan. Ammo, aslida har bir chegaradan chiqish – haddan oshish – fahsh hisoblanadi. Shuning uchun ham, har bir gunoh fahshdir. Mo‘min-musulmon nafaqat fahsh, buzuq ishlarni qilmasligi, balki ularning yaqiniga ham bormasligi kerak. Chunki, yaqiniga borganda, uni qilish xavfi kuchayadi.

5 May 2022, 20:34 | Savol-javoblar | 141 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar