Taxoratimdan qoniqmay qoldim
Assalomu alaykum! Oxirgi paytda taxoratimdan qoniqmay qoldim. Mayda narsalarni deb ham shubha tushib qolyapti va qayta taxorat qilyapman. Masalan: taxorat olib bo‘lgandan kegin tirnog‘im ostidagi kichik bor dog‘ ko‘rsam shu erga suv etib bormagan borganida bu dog‘ bo‘lmas edi, agar ignaning uchicha joyga suv etib bormasa taxorat qabul bo‘lmaydi deb o‘ylab qayta taxorat qilyapman. Eng afsuslanarlisi necha marta taxorat olmay baribir shubha bilan namoz o‘qishga majbur bo‘lyapman, yani taxoratni qayta olishim shubhani ketgazmayapti. Iltimos shu xolatga yordam bersangiz, ochig‘i qiynalib ketdim. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘shancha joyga suv etmay qolsa, qayta tahorat olishga hojat yo‘q, o‘sha joyning o‘ziga suv oqizilsa bo‘ldi. Shubha bir ikki bor bo‘ladi. Qolgani vasvasa bo‘ladi. Shuning uchun vasvasaga hecham ahamiyat bermaslik kerak. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 09:08 | Savol-javoblar | 140 | Ruhiy tarbiya