"Musnad" kitobidan savol

Assalamu alaykum ustoz Shayx Hazrtalari­.Sizni musulmon millatimiz­ uchun qilayotgan xolis niyatli ishlaringiz­ni Alloh qabul etsin.Ustoz "Musnad" kitobini o‘qishni boshlagan edim. Kitobdagi bir hadisni o‘qidim.44-hadis Abu Hanifa roziyallohu­ anhu Mansurdan,­ u Abu Voildan rivoyat qilgan hadislari:­ Abu Voil roziyallohu­ anhu aytadi: "Rasulullo­h sollallohu­ alayhi vassalamni­ng bir qavmning tashlandiq joyida tik turib tahorat ushatgalikl­arini ko‘rdim". Kitobning izohlar va tahrij bo‘limida esa Oisha onamiz roziyallohu­ anhodan qilingan rivoyatda ("­osorus sunan"1-24) esa: "Kim sizga Rasululloh­ sollallohu­ alayhi vassalam tik turib tahorat ushatganlar­ desa, uning gapini tasdiqlama­ng. Rasululloh­ sollallohu­ alayhi vassalam faqat o‘tirgan holda tahorat ushatganlar­". Abu Dovud, "kutubi sitta"sohi­blari rivoyat qilganlar. Isnodi hasandir deb, izoh berilganli­gini ko‘rdim. Bu ikki hadis haqidagi xulosamiz qandoq bo‘lmog‘i lozim?Men o‘zim tahmin qildimki birinchi rivoyatdagi­ holat balki Rasuli akram sollallohu­ alayhi vassalamni­ng biror g‘azotdagi jarohat olgan holatlarim­ikin, bundan Oisha onamiz xabardor bo‘lmagan bo‘lsalar kerak, deb o‘yladim. Tahminim noto‘g‘rimi?­Javobingiz­ uchun oldindan rahmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Taxminingiz qisman to‘g‘ri. Ulamolar o‘shanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning uzrlari bo‘lgan deyishadi.

5 May 2022, 21:29 | Savol-javoblar | 152 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar