Otamning qo‘rquvi
Assalomu alaykum! Agar ijozat bersangiz, hozirgi tang ahvolimni tushuntiray. Yoshim 16 da va oilada yagona qiz farzandman. Men ota-onam va ikki ukam bilan bir uyda istiqomad qilaman. Ota-onam yoshliklaridan chekka bir qishloqda katta bo‘lishgan va og‘ir qiyinchiliklarni bosib o‘tishgan. Otam DAN xodimi edi, ammo Allohning bergan sinovi tufayli tuhmatga qolib, qamoq jazosiga mahkum qilingan. Otam u erda turli voqealarning guvohi bo‘ldilar. Shu tariqa ularda Islom diniga nisbatan qo‘rquv paydo bo‘lgan. Bu qo‘rquv bora-bora iymonsizlikka aylanib borayapti. Hozir otam biz bilan, Allohga shukr. Onamda ham xuddi shu fikr. Ammo hozirda mening qistashlarim tufayli namoz o‘qiyaptilar. Men bir necha bor tushuntirishga urindim, ammo ularning fikrlari shunchalar qat’iyki, buni o‘zim ko‘rib hayrat va qo‘rquvga tushaman. Oilamizda islomiy madaniyat aslini olganda yo‘q. Buni targ‘ib qilishga harakat qilsam, qanchadan qancha malomatga qolishim o‘zimga ma’lum. Uyimizda Qur’on yo‘qligi sabab onamdan olib kelishni iltimos qilgandim. Ammo otam buni umuman xohlamaganliklari uchun rad javobi oldim. Bu juda og‘ir edi. Umuman olganda, butun uzoq-yaqin qarindoshlarimiz ichida haqiqiy islomiy oila yo‘q, hech qaysi ayol hijob o‘raganini ko‘rgan emasman. Lekin aytishingiz mumkin, ularga gapi o‘tadigan odamdan iltimos qiling deb, afsuski, ota-onamning fikri juda qat’iy. Agar iltimos qildim ham deylik, ammo ularning gaplari ota-onamga o‘tmasa ne qilay? Menga ko‘mak bering, iltimos. Alloh rizoligiga erishishni xohlayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz va siz kabi yoshlarga nasihatimiz: hech bir inson xususan uzoq yillik botqoqda yurganlar sizni bir ikki bor qilgan nasihatingiz bilan o‘zgarib qolmaydi. Buni tushuning, siz o‘zingiz hidoyat topguningizcha qancha vaqt o‘tdi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam keltirgan dinni insonlar qabul qilishi uchun 40 yilgacha birorta ham yolg‘on gapirmasdan siddiq maqomini oldilar. Ahdini buzmasdan sodiq degan laqabni oldilar. Qo‘llaridagi borini yo‘q demasdan eng saxiy degan laqabni oldilar. Omonatga o‘ta qattiq e’tibor berganlaridan amin degan laqabni oldilar. Nabiralikni alo darajada joyiga qo‘ygan edilar Abdulmuttolib ko‘rmasa turolmaydigan darajaga etdilar. Tijoratda sodiq bo‘lgandilar Xadiyja onamiz o‘zlarini bag‘ishladilar, nikohiga olishlarini taklif qildilar. Qo‘shnichilikni a’lo dajada yo‘lga qo‘ygandilar qo‘shnisi eng ashaddiy dushmani bo‘lsa ham ko‘rganda haybatlanib izzatini joyiga qo‘yadigan bo‘ldi. Silai rahmni a’lo darajada bajarganlaridan qarindosh urug‘lari Alloh qalbini ochmaganidan boshqa iymon keltirmaliklariga hech qanday sabab topolmadilar va hokazo. Bizni yaqinlarimiz ham biz tufayli hidoyat topishini xohlasak avvalo o‘sha kamolot sifatlarini o‘zimizda mujassam qilishga harakat qilishimiz kerak. Usiz ish bitmaydi. Siz aslo ularga qarshi gapirmang, bahs munozara ham qilmang. Aksincha joiz bo‘lgan buyruqlarida dilidan muhabbat qilib yuboradigan darajada ado qilishga harakat qiling. O‘zlari fosiq fojir bo‘lgan taqdirda ham sizni samimiyligingizni his qila olishsin. Siz ularni ota-ona deb e’zozlashingizni his qilishsin. Bir kun kelib siz kutgan holat ham albatta bo‘ladi. Ularni haqqiga hidoyat so‘rab to‘xtamasdan duolar qiling. Ular qiyin holga tushganlarida bunday vaqtda shu duoni o‘qish kerak ekan deb quyidagi duoni o‘qishlariga yalinib bo‘lsa ham ko‘ndira oling. “Robbig‘fir varham va anta xoyrurrohimiyn”. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 22:56 | Savol-javoblar | 133 | Dolzarb savollar