Onaning vasiyati haqidagi rivoyat

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir rivoyat eshitgan edim. Rivoyatda bir ona yolg‘iz o‘g‘lini ilimli iymonli va Qur’onini yod olgan qori yigit qilib voyaga etkazadi va kunlarni birida ona o‘g‘liga “O‘g‘lim sizni qo‘limdan kelganicha iymonli insofli yaxshi inson qilib tarbiya qildim va siz Qur’oni karimni yod olgan qori bo‘ldingiz sizga vasiyatim men vafot etsam meni qabrga qo‘ygach yolg‘iz tashlab ketmay qabrim ustida qolib xatm qilib menga baxshida qilsangiz” deb malum muddatdan so‘ng ona olamdan o‘tadi va o‘g‘il onasini vasiyatini bajarish maqsadida onasini qabri ustida qoladi va Qur’onni xatm qilib onasiga baxshida qiladi duo va fotiha qilib ketar chog‘ida onasini qabridan eshik ochilib yopilgan ovozni eshitadi darhol ustozini yoniga kelib bo‘lgan voqeani aytadi va bu qanday ovoz buning hikmati nima deb so‘raydi ustozi esa bu jannatning ovozi onangizni jannatga kirganlari sizga ham eshitilib deb javob beradi. Bu rivoyat qanchalik haqiqat?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘qima. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar