Quron Karimda tushunilmagan jumla
Assalomu alaykum! Tafsiri hilol kitobi An’om surasining 100 oyatida <Ular jinlarni Allohga sherik qildilar. Holbuki, u hammalarini yaratgan zotdir. Ilmsiz holda unga o‘g‘illar va qizlar yasadilar. U ular vasf qilgan narsalardan pok va oliy bo‘ldi> deb keladi. Etibor bersak oyatda "bo‘ldi" degan so‘z bor. Bu so‘z Nahl surasining 3-oyati, Niso surasining 171-oyati va yana boshqa o‘rinda ham keladi. Biz bu so‘zni quydagicha tushunamiz misol uchun "Abdulloh sahiy bo‘ldi" deydigan bo‘lsak bu so‘zdan Abdulloh oldin sahiy bo‘lmagan yoki Abdullohda oldin boshqa sifat bo‘lgan bo‘ladi deb tushunamiz. Mana shu jumlaga aqlimiz etmayapti, shu jumlalarni bizga tushuntirib bersangizlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bizdagi "Tafsiri Hilol" kitobida quyidagicha ekan.
100. Allohga jinlarni sherik qildilar. Holbuki, ularni U yaratgandir. Ilmsiz holda Unga o‘g‘illar va qizlar to‘qidilar. U ular vasf qilayotgan narsadan pok va oliydir.
Agar biror joyda siz o‘qigandek yozilgan bo‘lsa to‘g‘rilab qo‘yish kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 04:35 | Savol-javoblar | 182 | Qur’oni karim