Amal nima uchun kerak?

Assalomu alaykum! Men inson faqat Allohning raxmati bilan jannatga kirishini eshitdim. Shunday ekan musulmon odam uchun dunyoda qilgan barcha amallari nima uchun kerak unda. Amallar qachon foyda qiladi inson uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir amal uchun jannatda ulkan darajalar belgilab qo‘yilgan. Masalan Qur’onni to‘liq yodlab unga amal qilgan kishining jannatdagi joyi jannatning eng yuqori o‘rta qismida bo‘ladi. Jannat unumdor bir er kabidir, inson har bir qilgan yaxshi amali bilan u erdan o‘ziga bog‘i-rog‘ va joylarni tayyorlaydi. Gunoh ham xuddi shunday kim qancha ko‘p gunoh qilsa do‘zaxning qaridan yanada chuqur tomoniga qarab ketaveradi va o‘ziga joy tayyorlayveradi. Ixlos bilan qilingan zarracha amalni ham Alloh zoe qilmaydi. Allohning rahmatiga erishish uchun ham amal qilish kerakda. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 05:40 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar