Ajr umid qilish

Hazrat ko‘p hollarda bironta joyda odamlar bilan ma‘lum vaqt birga yashasam. ularda menga qiziqib namoz o‘qish ishtiyoqi paydo bo‘ladi, shunda ularga namoz qandek o‘qilishini bayon qilgan kitobni aytaman ular olib o‘qishib namozni boshlashadi (to‘g‘ri ko‘plari ma‘lum vaqtdan keyin uchrashganimda o‘qiy olmayotganini aytishadi) ba‘zilari o‘zlari o‘qishni bilib o‘qimayotgan bo‘lishsa boshlab olishadi. men da‘vat qilmasam ham shunday bo‘ladi bu holat deyarli har doim bo‘ladi. hazrat shunday holatlarda menga ajr bo‘ladimi yoki amru ma‘ruf qilsam ajr olishim mumkinmi. javobingiz uchun oldindan Rahmat Alloh ilmingizni musulmonlar uchun manfaatini ziyoda qilsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisida ham ajr bo‘ladi.

6 May 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 165 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar