Namoz o‘qish lazzati

Assalomu alaykum! Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam : Ey, Bilol azon ayt bir namoz o‘qib mazza qilaylik degan ekanlar. Qanday qilib ulardek namozdan lazzatlansak bo‘ladi va buning uchun nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! عن حذيفة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وآله وسلم : النظرة سهم من سهام إبليس مسمومة فمن تركها من خوف الله أثابه جل وعز إيمانا يجد حلاوته في قلبه. هذا حديث صحيح الإسناد ولم يخرجاه  Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : Nazar shaytonning zaharlangan o‘qlaridan bir o‘qdir. Kim Allohdan qo‘rqib uni tark etsa, Alloh taolo uning mukofotiga qalbida halovatini topadigan iymonni ato qiladi».
Hokim rivoyati. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 167 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar