Ota va bola

Assalomu alaykum! Men otam bilan 10 yildan beri ishlayman bozorda savdo sotiq bilan shug‘ullanamiz uylanganman 1 nafar farzandim bor. Otam menga pul borasida noxaqlik qilyaptilar menga xechqanday oylik tayin qilmaganlar qo‘limga manabu pulni ubu extiyojing uchun ishlatib yur deb aytmaydilar. O‘zlari cho‘ntaklariga ko‘p pul solib yuradilar aroqga nashaga ko‘p pul ishlatib isrof qilib tashlaydilar. Menga oylik tayin qilib qo‘ying desam ro‘zg‘or bitta shu uyda eb ichayabsan boshqa yana qanday rasxoding bor deydilar. Siz meni ushlab o‘tirishga xaqqingiz yo‘q siz bilan ishlashga majbur emasman deb qattiq gapirib xam ko‘rdim baribir foydasi bo‘lmadi. Qaysidur domladan eshitibdila ota farzandga muxtoj bo‘lsa tashab ketishi mumkin emas ekan oddiygina sartaroshga 30 mingni xam so‘rab olib qul kabi ishlab yurishi kerak ekan, ayolimni oldida xam xurmatim qolmayapti bazida qilaetgan muomalasidan sezib qolaman ubu narsa olib keling deydi birso‘m pulim yo‘q otamga yoki onamga ayt deyman. Otam shuni tushunmaydilar axir ular bilishlari shart bo‘lmagan chiqimlarim xam borku. Men bozorda qilgan savdoyimdan otamga bildirmasdan o‘z extiyojim uchun pul olishga xaqqim bormi? o‘g‘rilik gunoxligini bilaman lekin bunday vaziyatda boshqa yo‘li qolmadi. Namozlarimda Allohdan yolvorib so‘rayman otamni menga nisbatan adolatli qilgin otamga insof bergin deb. Lekin juda charchadim otamni menga qilayotgan noxaqliklaridan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangiz sizga har qancha nohaqlik qilsa ham unga qo‘pol muomalada bo‘lmang, hatto norozilik nazari bilan ham qaramang. Otangizning savdo-sotig‘iga qarashish bilan birga o‘zingiz boshqa alohida bir ish qiling. Alloh o‘zi baraka ato qiladi.عن جابر رضي الله عنه أن رجلاً قال: يا رسول الله إن لي مالاً وولداً ، وإن أبي يريد أن يجتاح مالي، فقال: أنت ومالك لأبيك رواه بن ماجهJobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
"Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallam xuzurlariga kelib, “Meni molim va farzandim bor. Otam molimdan foydalanishni iroda qilmoqda” dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Sen ham, moling ham otangnikidir” dedilar". Ibn Moja rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

30 Oktabr 2022, 13:14 | Savol-javoblar | 246 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar