Ota onaga zakot

Assalomu alaykum! Men tillamdan beriladigan zakotimni ota-onamga bersam bo‘ladimi? Ular nafaqada. Onam 63, otam 66 yoshdalar. Eng kichik singlimni uzatishmoqchi. Shunga to‘yga yordam bo‘larmidi deymanda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Joiz emas. Vojib bo‘lgan sadaqa va zakotlarni o‘zining ota, bobo qancha yuqori bo‘lsa ham o‘g‘il, qiz va nabira qancha pastda bo‘lsa ham shularga berish joiz emas. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 14:58 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar