Namozdagi kichik savollar

Assalomu alaykum! 1. Musofirchilikda o‘qiymiz. Shom namozi vaqti chiqmasidan kvartiraga kelamiz lekin atrof qorong‘u bo‘ladi. Masalan shom namozi kirganiga 1 soatlar bo‘lgan bo‘ladi. Bazida ikkilanish bo‘ladi shomni vaqti 40-50 minutda o‘tib ketadi degan. Lekin baribir shom vaqti chiqmasdan o‘qib qo‘yaman. To‘g‘ri yo‘ldamanmi?2. Alloh yo‘lida jasoratga qanday erishsa bo‘ladi? Ko‘pincha ko‘chada bo‘p qosam namoz vaqti chiqmasligi uchun qaerda bo‘lmasin namozimni ado qilmoqchi bo‘laman, lekin ko‘pchilik g‘ayridinlar oldida o‘qishga jasoratim sal kamlik qilmoqda. Qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Xufton vaqti kirguncha shom vaqti bo‘ladi.2). Sahobalar hayotini  o‘qing. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 154 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar