Shubhali pul

Assalomu alaykum! Bir savdogar ayolning molida ayb bor edi. U sotuvchi hamma kelgan haridorga aybni(matodagi dog‘ni)aytib sotilmay turishiga sabab bo‘layotgan edi. Bir gal aytish esidan chiqib o‘sha aybli mol sotilib ketibdi, haridor ham shoshib turgan ekan esiga tushishi bilan qarasa bir zumda ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan. O‘sha pulni shubhali hisoblab alohida olib qo‘yibdilar. Bunaqa xolat boshqa vaqtlar ham sodir bo‘lgan ekan. Hamma shunaqa pullarni jamlab ehson qilish niyatidalar. O‘zlarini ham mollari nisobga etmagan yolg‘iz ayol, oliygohda o‘qiydigan qizlariga shu pulni ehson qilib berishlari mumkinmi? Yoki begonaga ehson qilgan to‘g‘rimikan?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haqiqatan muhtoj bo‘lsa o‘z yaqinlariga ishlatishi mumkin. Afzali, haq egalari nomidan faqir-miskinlarga savob umid qilmasdan berishdir. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 16:47 | Savol-javoblar | 137 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar