1xbet o‘yinini o‘rgatganlar

Assalomu alaykum! Do‘stim so‘rashmni iltimos qildi: U 1xbet o‘ynardi endi Allohni izni ila tavba qildi. Ammo 1xbetni bir qancha do‘stlarga o‘rgatgan ekan. Men bu ishing orqali senga gunoh borib turadi (menimcha) deb tushuntirdim to‘g‘ri aydimmi yo‘qmi bilmadim, ammo “menimcha” deb aytdim. Endi azizlar do‘stim ushbu gunohni borib turishini do‘stlari 1xbet o‘ymaganida ushbu gunohni o‘zidan soqit qilishi uchun u o‘rgatgan bollariga nima deyishi lozim? Agar bu bola ularga bu ish xarom ekanligini tushuntirsa ham ular o‘ynayversa nima bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularni ham to‘xtatishi shart. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 17:20 | Savol-javoblar | 147 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar