Beva ayol turmushi va hohishi

Assalomu aleykum! Men 19 yoshdaman turmush qurganman turmush o‘rtog‘im avarya bilan olamdan o‘tgan. Yaqinda bevaligimda 3 oydan so‘ng qaynonam ham olamdan o‘ttila 1 yil bo‘ladi. Men maruzalarda eshtishimcha ayol kishi u dunyoda oxirgi eri bilan bo‘ladi ekan, men olamdan o‘tgan erim bilan bo‘lmoqchiman. Shunga boshqa turmushga chiqmasam bo‘ladimi, taqdirga qarshi chiqish bo‘lib qolmaydimi? Farzandim yo‘q, sovchilar rosa kelishyabdi, yiligacha tegmiman deb qaytaryabmiz. Ota-onamga og‘irligim tushmasin ukalarimni taqdiri uchun ham tegishim keremi yoki o‘zim alohida uyga chiqib ketib yashasam ham bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz turmush quring va o‘zingizdan ko‘pgina solih-soliha farzandlar qoldirishga harkat qiling. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 14:45 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar