Birovlarning haqlari

Assalomu alaykum! Hurmatli zikr axli kanali hay’ati. Men yuqorida berilgan savol yuzasidan bazi oydinliklar kiritish maqsadida murojaat qilyapman. Bir savolda birovning xaqqini qaytarmaguningizcha jannatga kirolmaysiz mavzusidagi xadisni oqidim. 1. Men farzandli bo‘lib tug‘ruqxonada yotganimda uzoq yaqin qarindoshlar ko‘rishga kelib taomlarni o‘zlarining uylaridagi sochiq va idishlarda olib kelishgan. O‘sha paytda ahvolim yaxshi bo‘lmaganligi sababli kim qaysi idishni olib kelganini eslay olmayman. Ularni bir xaltaga solib olib qo‘yganman. Ular ham birovning haqqi bo‘ladimi. Eslay olmasam qanday qaytaraman. 2. Ma’lumki bolalik vaqtlarda maktabda o‘quvchilar bir biridan ruchka qalam shunga o‘xshash narsalar olib turadilar. Ko‘pincha olganim yodimdan chiqib menda qolib ketardi. Xozir sinfdoshlarimni hech biri bilan aloqada emasman. Bu masalada qanday yo‘l tutay? To‘g‘risi shu vaqtgacha bu narsadan habarim bo‘lmagani uchun bu narsaga unchalik ham e’tibor bermagan ekanman. Duo qiling bilib bilmay qilgan gunohlarimni alloh o‘zi kechirsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Borishi mumkin bo‘lgan qarindoshlaringizdan so‘rab ko‘rasiz. Iltimos isminglarni o‘zgartirib bir savolni takror takror beravermanglar. Biringlar ruchka, biringlar qalam, biringlar kitob deb so‘ravermanglar. Olingan narsa nima bo‘lgan taqdirda ham egasini topib berish shart. Topilmasa nomidan sadaqa qilinadi. Egasi qayta so‘rashdan uyaladigan mayda narsalar bo‘lsa egasi kim bo‘lsa o‘sha nomidan sadaqa deb berib yuboriladi. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 18:59 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar