Siami egizaklari

Assalamu alaykum shayx xazratlari,Ayolim 17 xaftalik xomilador. Kunikecha shifokor nazoratidan o‘tish uchun UZD (ultratovush apparati)da ko‘rikdan o‘ttik. Apparat natijalari bo‘yicha ona qornida egizak farzand rivojlanayapti.Lekin ular tana kismi old tarafidan bir-biriga yopishgan, ikkita boshi yuzma-yuz xolatda. Xamma tana a’zolari ikkitadan rivojlangan, faqat ikki tana uchun bitta yurak. Kuyidagi linkda shunga o‘xshash xolat keltirilgan:[img width=346 height=500]https://img834.imagesha’k.us/img834/4268/siamesetwins7blogfull.jpgOna salomatligi joyida, va farzandlar xam o‘sishda davom etyapti. Lekin shifokorlar bolani sun’iy tug‘dirish yo‘li bilan yoki jarroxlik bilan oldirib tashlashni tavsiya qilishmoqda. Agar olib tashlanmasa, keyinchalik xam tug‘dirish jarroxlik orqali amalga oshiriladi. Yana shifokorning aytishicha, bunday xolatlarda ya’ni xomila jarayoni noto‘g‘ri bo‘lsa organizm 1-2 oyda xomila rivojlanishini to‘xtatib qo‘yadi. Lekin bizning farzand rivojlanmokda. Bunday xolatda qanday yo‘l tutganimiz shariatga muvofiq, ulamolar bu masalaga qanday ko‘rsatmalar berganlar?================================O‘zim farzandlarning nobud bo‘lishiga qarshiman, va Alloxning O‘zi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishiga ishonaman. Albatta Alloh xoxlagan ishini chiroyli tadbir bilan amalga oshiradi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Boshqa tabiblar bilan ham maslahat qilish kerak. onaning va bolalarningn sog‘ligini o‘ylash kerak.

27 May 2022, 05:16 | Savol-javoblar | 199 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar