Bilimi past uztoz

Assalomu alaykum! Men qo‘shimcha fanga (matematikaga) pul to‘lab boraman. Ustozim esa ko‘p misollarni yaxshi ishlay olmayapti. Ba’zida misolni to‘g‘ri tushunmaydi ham. Shu haqida, ustozim haqida ota-onamga va boshqalarga gapirsam, uni ko‘p dars o‘tish nuqsonlarini, ayblarini aytsam g‘iybat yoki gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aytishdan maqsad bo‘ladi. Aybini izhor qilish bo‘lsa bu joiz emas. Foyda bo‘lmayotgani va ustozni o‘zgartirish maqsadida bo‘lsa bu joiz. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 20:48 | Savol-javoblar | 145 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar