Birovga hasad qilib namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men Alhamdulillah besh vaqt namoz o‘qiyman. Lekin qarindoshlarimizning ko‘pchiligi juda hasadgo‘y. U o‘qibdi meni undan qaerim kam deb namoz o‘qisa yoki menga hasad qilib ro‘za tutsa bu qanchalik to‘g‘ri? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu narsa shariatimizda maqtalgan ishdir. Odamlar ahmoq bo‘lib pulini sovurishda, uyni bezatishda, bema’ni kiyimlar kiyishda musobaqalashmoqda. Musobaqalashish insonning tabiatida bor, Alloh taolo shunday qilib yaratgan. Alloh taolo “Mutoffifiin” surasida marhamat qiladi:  إِنَّ الْأَبْرَارَ لَفِي نَعِيمٍ۝ عَلَى الْأَرَائِكِ يَنظُرُونَ۝  تَعْرِفُ فِي وُجُوهِهِمْ نَضْرَةَ النَّعِيمِ۝ 22. Albatta, abrorlar ne’matlanishdadirlar.
23. Pardali baland so‘rilar ustida nazar solib tururlar.
24. Ularning chehralaridan ne’matlanish yashnoqligini bilib olursan.
 يُسْقَوْنَ مِن رَّحِيقٍ مَّخْتُومٍ۝  خِتَامُهُ مِسْكٌ وَفِي ذَلِكَ فَلْيَتَنَافَسِ الْمُتَنَافِسُونَ۝ 25. Ular nihoyatda pok, muhrlangan ichimlikdan ichirilurlar.
26. Uning oxiri miskdir. Va musobaqa qiluvchilar shu narsa uchun musobaqa qilsinlar.
Vallohu a’lam!

6 May 2022, 22:49 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar