Kasb xaqida
Assalomu alaykum! Men o‘qituvchiman. Hozirgi kunda maktablardagi xolat ma’lum. Qizbola o‘quvchilar maktab formasida o‘qishadi. Meni savolim forma kiyish yoki kiymaslik xaqida emas. Islomda qizbola 9 yoshdan(odatda) mukallaf xisoblanadi. Bu maktabdagi 2-3 sinf o‘quvchilariga to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra maktablardagi aksariyat qiz o‘quvchilar mukallaf. Mukallaf bandaga esa shariat qoifalariga bo‘ysunish lozim. Afsuski bizning jamiyatimizda mustabid tuzum ta’siri xali xam ta’sirga ega. Shu xolatda shu kabi mukallaf lekin avratlari ochiq o‘quvchilarga dars o‘tsam quyidagi xolatlar sodir bo‘ladiku: -Ko‘z zinosi; -Xarom ishga rozilik; (o‘sha erda ishlaganim uchun) - Erkak va ayollar aralash joyda o‘tirish. Shu xolatda nima qilaylik? Ishlasak bo‘ladimi? Iloji boricha qarasmaslikga xarakat qilsak baribir darsda shunga majbur bo‘lamiz? Biz shu xunar uchun o‘qiganmiz oilamizni shu bilan boqamiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kabi halol-haromni farqiga boradigan o‘qituvchi dars bermasa bo‘lmaydigan zamonga kelib qoldikda. Siz ham qochib ketsangiz maktablar o‘shaniyam kiydirmaydiganlarga qolib ketayaptida. Siz farzandlarimizga astoydil dars bering, taqvo qiling, albatta Alloh yo‘l ko‘rsatadi. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar