Og‘zimda qonning ta’mi keldi

Assalomu alaykum! Vaqt ajratib turli-tuman savollarga javob berayotganingiz uchun Alloh rozi bo‘lsin. Kecha iftorgacha xali vaqt bor edi, og‘zimda beixtiyor qon mazasini sezdim (milkdan bo‘lsa kerak) va tuflab tashladim. Lekin ichimga so‘lak bilan ketmadimikin degan gumon paydo bo‘ldi. Bu xolatda ro‘za ochiladimi? Umuman og‘iz shilliq qavatidagi qon so‘lak hukmiga o‘tadimi yoki tuflab tashlash kerakmi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aniq narsa shubha ila ketmaydi. Bir kishi mendan vasvasaga duchor bo‘lgan kishi haqida so‘rab: “U uch bor suvga sho‘ng‘isa ham g‘uslim to‘liq bo‘ldimakan deb o‘ylanib qoladi?” dedi. Men unday kishidan namoz soqit bo‘ladi dedim. Chunki unday odamning aqli joyida emas. Aqli joyida bo‘lmagan kishilarga namoz farz bo‘lmaydi” dedim. Sizning ro‘zangiz ham quyidagi hadisga tushadi Bunday kishilar haqida Rasululloh solallohu alayhi vasallam ko‘rsatmalar berganlar. عَبَّادِ بْنِ تَمِيمٍ عَنْ عَمِّهِ أَنَّهُ شَكَا إِلَى رَسُولِ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ الرَّجُلُ الَّذِي يُخَيَّلُ إِلَيْهِ أَنَّهُ يَجِدُ الشَّيْءَ فِي الصَّلَاةِ ، فَقَالَ : لَا يَنْصَرِفْ حَتَّى يَسْمَعَ صَوْتًا أَوْ يَجِدَ رِيحًا  ، وروى مسلم Abbod ibn Tamim roziyallohu anhu amakisidan rivoyat qiladi “Amakisi Rasululloh solallohu alayhi vasallamga namozida bir narsani topkanday bo‘ladigan kishining shikoyatini etkazdi. Shunda u zot: “To ovozni eshitmagunicha yoki hidni topmagunicha namozdan chiqmasin!” dedilar”. Fuqaholar ushbu hadisdan “Aniq narsa shubha ila ketmaydi” degan qoidani olganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:21 | Savol-javoblar | 148 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar