Er talashish

Assalomu alaykum! Turmushga chiqqanimga 21-yil bo‘ldi. 2 farzandim bor, nevara kelin bo‘lib tushganman. Erimni onasi olamdan o‘tganda buvisi ularni boqib katta qilgan va uylagan. Erim chet elga ishlagani ketib kelmayapti, lekin men 2 farzandim bilan o‘sha uyda yashab buvimga qoldan kelgancha qaradik. 2019-yil buvim kasal bo‘lib yotib qoldi. Buvimni 2 qizi uyli joyli, boy, o‘ziga to‘q ayol. Qirg‘izistonda yashaydi, farzandlari ham uyli joyli, xullas o‘ziga to‘q odamlar. Lekin qizi ancha yil avval erimizdan 4 sotigini sotib 3 xonali uyni buzib Qirg‘izistonga olib ketdi. Meni qishda sharoitim bo‘lmasdan buvim qizinikiga o‘tib qishlab kelardi. 2019-yilda buvim qizinikida qirgizistonda olamdan o‘tdi va o‘sha erdagi qabristonga qo‘yishdi. Endi hozirda qizi “onamni men ko‘mdim” deb biz yashab turgan joyni tortib olyapti. Men bollarim bilan nima qilishni bilmay qoldim. Puli borligi uchun uni gapi ko‘pchilikka o‘tib o‘ziga ko‘ndiryapti. Men hozir bollarim uchun uyni yarmini talashsam menga gunoh bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizni o‘sha eshikda merosdan eringizni haqqi bor. Qizga bir hissa eringizga ikki hissa tegishi kerak. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 23:21 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar