Taloq bermasa nima qilish kerak
Assalomu alaykum! Bir marta men shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning taloq haqida quyidagicha fatvolarini eshitgan edim agar er xotin farzandli bo‘laman ayb erida bo‘lsa eri talog‘ini bermasa mahkama orqali ajrashishadi, taloq shart emas degan xulosa bergandilar. Mening vaziyatim ham shunday doktorlar erimni bepusht dep topganligi sababli ajrashmoqchiman, lekin u meni yaxshi ko‘rishini aytib ajrashmoqchi emas. Talog‘ingni u dunyo bu dunyo bermayman deb turib olgan. Yuqoridagi hukmdan xulosa olsam bo‘ladimi yoki bizning ishimizni hukmi boshqacharoq bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vaziyat haqiqatan aytganingizdek bo‘lsa siz eringizni jahlini, rashqini qo‘zg‘atib bo‘lsa ham yoki akalaringizga aytib bo‘lsa ham talog‘ingizni olishingiz va iddangizni o‘tirishingiz mumkin. Vallohu a’lam!
11 May 2022, 04:05 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush