Oiladagi kelishmovchilik tufayli erdan alohida yashash hukmi
hurmatli Shayx janoblari, oila va turmush mavzusidagi javoblarizni o‘qib chiqdim, Allohim hayrli ishlaringizga ajrini ham bersin inshaalloh. Meni ko‘p yillardan beri qiynab kelayotgan bir savolga javob berishizni iltimos qilardim, Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Hujaynim ham men ham ziyoli oilada to‘g‘ilib o‘sganmiz. Oz bo‘lsada ham dunyoviy ham diniy ma‘lumotga egamiz. Hozirda Ikki farzandimizbilan kofir davlatda 6 yildan beri yashab kelmoqdamiz. Musofir bo‘lish mashaqqati, yosh bolalarni o‘stirish va tarbiyalash, oiladagi ba‘zi kelishmovchiliklar va janjallar hozirda mani juda asabiy qilib quygan. Va bu holatni o‘g‘limda ham ko‘rayapman hozir og‘lim gapirishda duduqlanib, chuqur chuqur nafas oladigan bb qolgan. Bu narsalar esa meni yanada kup tashvish va havotirga solayapti. Bularni sababi esa biz ota onalarning xatoimiz mahsuli ekanini ham tushunaman. Men esa yurtga qaytib ota- onam qarindosh do‘stlar bilan birga bo‘lishni istayman. Begona yurtda odam o‘zini g‘am tashvishlariga o‘ralib qolarkan. Hujaynimga qaytish fikrini aytsam bu erda yaxshi maosh olayotganliklarini aytadilar. Shu oilaga kelin bulib tushibmanki hujaynim barcha aka ukalarini to‘ylarini qilib uy-joy qurib moshinalar olib berganliklarini guvohi bb kelayapman va o‘rni kelganda bunga o‘zim ham da‘vat etib kelayapman. Va oldimizda hali yana ikkita to‘y turibdi. Uzbekchilik bilasiz tuylarimiz katta harajatli va afsuski moddiy tomondan barchalari faqat hujaynimga qarab qolishgan. Vaholanki shunday holatlar buladiki biz uchun bir mevani olib berishga hasisliklari tutardi. Hozir esa bir meva sabzavotlarni upakovka qiladigan bir korxonaga ishga kirdim 1 yildan buyon ishlayapman. Allohim risqimizni keng qilib quydi shu korxona tufayli.Homiladorlik paytlarim bir dona shaftoli egim kelgan paytlarim bulgan hujaynim esa doim pullarini bizdan tejardilar. Menga esa bu juda og‘ir botardi. Chunki yaxshi topib, qurbilari etib turib bizdan qizg‘anishlari uchun hafa bo‘lardim. shu baxillik oqibatida kup tortishib qolardik, hattoki ish urib kuchaga hijobsiz haydashgacha borardi, bu narsalarga sabr qilishga mani musofirligim ota onamdan uzoqdaligimgina ajrashib ketmasligimizga bolalarni uvol qilmaslikka sabab bulardi. Chunki hech kimi yuq ojiza odamni baquvvat har narsaga qodir odam bemalol har xil kuyga solaverarkan. Xatto bolalarimni ham chaqaloqlik paytidan tepki eb usishdi, hozirgacha dadasidan urushlaridan qo‘rqib yuz va boshlarini yashiradigan odat chiqarishgan. Bu narsalarni qaynonamga aytganimda mani aybdor qilib, o‘gillariga mani, ota-onam va singillarim haqida turli yomon gaplarni aytdilar. Ular bizni uzbekistonga qaytib borishimizni xohlashmaydi, ular uchun moddiy manfaat keltiruvchi odamdek his qilaman o‘zimni. Shu sababli qachon bormaylik bizni urushtirib qaytib ketishga uzbekistondagi ahvoldan shikoyat qilib chet elda yurganimiz afzalligini uqdirishadi. Mani qattiq siqilishlarim sutdan qolishimga, mana shunday asabiy holatga solib quydi. Hozir sal narsaga yig‘laydigan, juda tasirchan va jizzaki bb qolganman. Mana shunday holatda uzbekistonga qaytib ketishni bolalarni uzbekcha mentalitet va musulmonlar orasida tarbiyalashni va ozgina uzimga ruhiy va jismoniy dam berishni istab qoldim.Sizga savolim mana shunday holatda menga qanday maslahat va nasihatlar bera olasiz?Bolalarim bn uzbekistonga qaytib vaqtincha bo‘lsa ham uzimiz alohida yashashimiz shu vaziyatdan chiqib ketishimizga yordam bera oladimi?Shayx janoblari siz katta malakaga ega, ilmli va hayotda bunday holatlarga ko‘p duch kelgan odamsiz. Va biz uchun neytral odamsiz birgina mani xatim bn xulosa chiqarish siz uchun qiyin chunki erkak kishini ham fikrini bilishiz muhim bunday paytda. Shunday bo‘lsada tajribalarizdan kelib chiqib shariyatda shunday holatlarda er va xotin va atrofdagilar qanday yo‘l tutishlari kerakligini aytib bersangiz, javobingizni kutib qolaman.barcha yaxshiliklaringiz uchun Jazakallohi hayron.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday holatda sizning va bolalaringizning sog‘liklaring orada turgani juda muhim. Siz nima qilishni bilmay qiynalganingiz uchun istixora qilishni tavsiya qilinadi. Agar er tushunganida yaxshi bo‘lar edi. Tushunmagandan keyin noilojsiz.
1 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday holatda sizning va bolalaringizning sog‘liklaring orada turgani juda muhim. Siz nima qilishni bilmay qiynalganingiz uchun istixora qilishni tavsiya qilinadi. Agar er tushunganida yaxshi bo‘lar edi. Tushunmagandan keyin noilojsiz.
1 May 2022, 06:16 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush