Homilador namozi

Assalomu alaykum! Xomiladorman, 2-farzandimga shu sababli oyoqlarimda muommo bor. valikoz namozni uturib ukiyapman. Turib ukisam xam 3 rakatga kelib oyogim tortiladi utirib ukiyapman. Yakinda eshitishim buyicha turt muchasi sog musulmon turib ukishi kerak ekan utirishi makrux ekan mening vaziyatimda mumkinmi utirib ukish?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Farzlarni turib, sunnatlarini o‘tirib o‘qishingiz mumkin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:26 | Savol-javoblar | 191 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar