Ayollar sajdasida oyoq holati

Assalomu alaykum! Boshqa savol-javoblarni ko‘rdim aniq javob ololmadim. Mana shu https://islom.uz/namoz/1  da o‘qib ko‘rganimda: Ayollar sajda paytida: "oyoq barmoqlarini bukib erga tirashmaydi, balki yonboshlatib o‘ng tarafga chiqarishadi" degan jumla bor. Shu gapda nimani nazarda tutiyapti. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yonboshlatib o‘ng tarafga qa’daga o‘tirayotganda chiqarishadi. Sajdada tovonlar tikka qilinib barmoqlar qiblaga qarab turadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 170 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar