Nafaqa uchun harakat qilsa bo‘ladimi ?

Assalomu alaykum ! Barcha mo‘min-musulmon brogarlarimiz qatori men ham siz va oilangizga Ollohdan yaxshiliklar yog‘ishini tilab qolaman! Savol berishga ruxsat bersangiz.Savol:Mening ukam 22 yoshda. Nasihatga quloq tutadigan,namozxon va jismoniy jihatdan baquvvat.Lekin tug‘ma duduq va suhbatdoshi gapini sekinroq anglaydi(balki qulog‘i sal og‘irroqdir). Jismoniy mehnat qilib pul topa oladi. Lekin, ba‘zi vaqtlarda odamlar bilan suhbat qurib,oldi sotdi qilishi biroz qiyin kechadi.InshoOlloh kelajakda Olloh taqdir etgani bilan turmush quradi. Oila boqish o‘ziga xos murakkabliklar va er kishi shaxsan o‘zi bajaradigan hujjat va oldi sotdi ishlarida qiynalib qolmasmikan deymanda .Ukamga nafaqa tayinlanishi yoki bunday bo‘lmagani taqvoga yaqinmi ?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo ukangizga yordamchi bo‘lsin, ishlarini oson qilsin! Belgilangan nafaqa bo‘lsa, joiz.

7 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar