Jannat ne’matlari

Assalomu alaykum! Qur’oni Karimning ba’zi oyatlarida (Jannat vasfida) “U Jannatda ko‘ngillari tusagan ne’matlar bor" degan ma’noda so‘zlar bor. Shu oyatlarga ba’zan o‘ylanaman. Ya’ni avval yashagan odamlar va hozirgi odamlarni o‘ylash va orzulari har xil. Avvalgilar chopqir ot, tuya, fil va hokazo markablarni orzu qilgan. Ammo hozirgi odamlarning orzusi mashina, samalyot,yaxta, vertalyot va hokazo. Aslida bu savolni berishga hijolat bo‘ldim ammo jannat vasfini Alloh bildirgan. Unga ishonmasak o‘zimizga ziyon. Savol: Jannatda ham zamonaviy odamlarning orzusidagi ne’matlar beriladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘sha joyga etib olishga duo qilavering. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 163 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar