Yosh bolalarning safda turishlari
Assalomu alaykum! Noto‘g‘ri tushungan bo‘lsam meni kechirgaysiz? Imom yosh bolalar oxirda alohida safda tursin, bo‘lmasa safda turganlarga makruh bo‘ladi diganlari uchun, saytingizdan shunga o‘xshash savollarni izlab ko‘rdim. Hayron qolganim shuki, manimcha bir biriga g‘irt teskari 2 xil javob oldim. Bir xil javoblarda unday hadis yo‘q deyilgan, bolalarning ko‘p bo‘lsayam kattalar orasiga kiritilishi joiz deyilgan. Yana boshqalarida bolalar bittadan ko‘p bo‘lsa, yuqoridagi imomning gaplarini tasdiqlaganlar, hadislar bn. Sizni ortiqcha vaqtingizni olganim uchun uzr! 8 yashar aqli to‘kis (Alhamdulillah) bolam bilan masjidga borish niyatim bor. Qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi? Alloh Sizlardan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjidlarda mutavalli yoki shu kabi masjid ishlarini olib boruvchilar miyasiga yosh bola safning oxirida turishi shart, mabodo oraga kirib qolsa orqadagilarning namozi buziladi degan e’tiqodda ekanlar. Bu mutlaqo xato, juda borsa makruh bo‘ladi deyiladi. O‘sha siz aytgan saytdagi tasdiqlagan hadislarni bizga linkini jo‘nating. Yana bir narsa siz shart degan so‘z bilan afzal degan so‘zni ajratib oling. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 15:10 | Savol-javoblar | 174 | Namoz