Otam aytgan gap kufrmi?

Assalomu alaykum! Men hazil haqidagi savolni o‘qiyotgan edim bir narsa meni o‘ylantirib qo‘ydi. Inson hazillashib yoki bilmasdan xato qilib og‘zidan kufr so‘z chiqsa o‘z ixtiyori bilan aytgani uchun iymondan chiqdi deb aytiladi. Uni umr bo‘yi qilgan yaxshiliklari habata bo‘lib, ayoli bilan o‘rtasidagi nikoh buziladi. Haj qilgan bo‘lsa yana qayta haj qilish zimmasiga farz bo‘ladi. Meni Otamlar avvallari harom qilingan spirtli ichimliklar ichar edilar va qaysidir bir kuni oyimlar bilan gap talashayotganlarida "Allohni bitta deyishar ediyu" , "Ozgina sabr qililar men o‘zimga 40 yoshgacha umr so‘raganman” deb yubordilar. Keyin oyimlar "mast xolatda nima deyayotganizi bilmayapsiz" dedi. Alhamdulillah hozir otamlar masjidga kirayapti, ramazon ro‘zasini tutayapti. Otamni o‘sha paytda aytgan gapi kufr emasmi? Ota-onamni nikohi buzulmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ehtiyotan qayta nikohlab qo‘ying. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:01 | Savol-javoblar | 166 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar