Hadis aytish

Assalomu alaykum! Biz kishilar bilan gaplashganda shunday vaziyat bo‘ladiki Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam aytgan nasihatlarni misol keltiramiz, ya’ni "Payg‘ambarimiz mana bunday deganlar ...” deb aytib o‘tamiz. Sizlarnikiday masalan, beshovlari rivoyat qilgan yoki Abu Bakr rivoyat qilgan deb aytmasdan o‘tib ketamiz. Bu ishimiz qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sahihligiga aniq ishonch xosil qilsangiz joiz. Aks holda xalqning ichida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytmagan gaplarni ham u zot sollallohu alayhi vasallam aytganlar degan gap ko‘payib ketadi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 19:44 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar