Mut’a nikohi haqida

Shayx Hazratlari, ijozatingiz bilan sizga bir masala bo‘yicha savol bermoqchi edim.Bir tanishim bilan mut‘a nikohi haqida bahslashib qoldik, bilishimcha bu ilgari ruxsat berilgan keyin esa mansux bo‘lgan hukm sanaladi, lekin uning aytishicha, Rasululloh s.a.v. ning davrlarida va Abu Bakr r.a. ning davrlarida bunga ruxsat bo‘lgan emish, va Umar r.a. xalifaliklarining 2-yilida man‘ qilingan emish, va Ahli sunna ulamolari nazdida "mut‘a nikoh" zino sanalmasada, harom amal hisoblanarmish, lekin shi‘alar uchun esa bu amal o‘ta ahamiyatli va halol amallardan sanalishi bizga ma‘lum... Bu kishi o‘zini ahli sunnadan deb biladi...Bu gapga qanday qilib asosli ravishda raddiya qilishimiz mumkin Hazrat? Savoldagi kamchiliklar uchun oldindan uzr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari man’ qilganlar. Shiy’alarda bu borligi to‘g‘ri.

1 May 2022, 11:14 | Savol-javoblar | 213 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar