Alloh odamni o‘limidan oldin qiynashi haqida hadis bormi

Assalomu alaykum! Quyidagi matnni tekshirib bersangiz, matnning quvvati biormi: Alloh taolo hadisi quddusiyda aytadi: “Azizligim va ulug‘ligimga qasamki, mo‘min bandamning jonini olarkanman, men unga rahm qilishni xohlayman. U qilgan har bitta xato uchun uni jazolayman. Jasadidagi kasal yoki rizqidagi torlik bilan uni sinayman. Molidagi yoki bolasidagi musiybat bilan jazolayman. Shunday qilib musiybat bilan gunohlarini yuvaveraman yuvaveraman. Agar unda gunohlardan yana biron narsa qolgan bo‘lsa, o‘lim sakoratini qattiq qilaman. Oxirida shu bilan yuvib tashlayman. Shunda u menga xuddi onasi uni tuqqan kunidek ro‘baro‘ bo‘ladi”, shu ma’nodagi hadis bormi? Alloh rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday manoda hadis borligini bilmaymiz. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 17:54 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar