Rasmga qarab nikoh o‘qigan

Assalomu alaykum! Turmushga chiqqanimga 3 yil bo‘ladi. Nikohimizni mulla domla rasmlarimizga qarab o‘qigan. Yonimizda o‘tirib o‘qimagan. Shu erdagi savollardan biriga ko‘zim tushdi va nikoh ikkala juftning yonida guvohlar orqali o‘qilishi kerakligini o‘qidim. Savolim shuki endi bizning nikoh bo‘lmagan nikohsiz yashayapmizmi? Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Tezda qaytadan nikohlatib olinglar. Endigi o‘qiladigan nikohda nikohning hamma shartlari topilsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:55 | Savol-javoblar | 140 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar