Karantin sabab ishdan ayrildim

Assalomu alaykum! Karantin sabab ish joyimiz inqirozga uchradi. natijada o‘z ish joyimdan ayrildim. Xozirda turli elonlar va internet saytlaridan ish izlayapman. Lekin o‘zim uchun munosib bo‘lgan ish topolmayapman. Bazi joylarda ish bor, lekin taklif qilinayotgan mexnatga xaq juda xam past. Bazi joylar bizga to‘g‘ri kelmaysiz deb, rad javob beryapti. Oilam va ikki nafar farzandim bor. Sizlardan so‘ramoqchi bo‘lganim, musulmon banda bunday axvolga tushganida o‘qiladigan duo va oyatlar bormi. Qanday yo‘l tutsam to‘gri bo‘ladi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, bunday o‘rinda tinmasdan istig‘for aytiladi va Allohga tavakkal qilinib ish qidirishda davom etiladi. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 01:55 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar