Bozordagi ribo

Assalomu alaykum! Bir javobda o‘qiganimda agar biror narsa, masalan pomidor sotib olayotib faqat yaxshilarini terib olsa ribo bo‘ladi deyilgandi. Bu riboviy mahsulotlarda, ya’ni pul va pomidorda qo‘lma-qo‘llik topilyapti, lekin qaeri riboligiga tushunmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Molni eng yaxshilarini tanlab olib hamma qatori pul berishda. Chunki qolgani endi u pulga loyiq bo‘lmaydi. Agar molni sarasiga alohida narx belgilab, boshqasiga alohida narx qo‘yilgan bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 06:27 | Savol-javoblar | 167 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar