Xonamga kirib olishlariga xaqqi bormi

Assalomu alaykum! Hozirda turmush o‘rtog‘im va farzandlarim bilan rossiyadamiz. Men kelin bo‘lib tushgan 2 xona uyda meni narsa buyimlarim qolgan. Shu kunlarda men eshitib qoldim meni narsalarimmi kichinagina bitta xonaga olib chiqib men kelin bo‘lib tushgan xonalardi qaynotam o‘ziga xona qilib yashayotgan ekan. Bunaqa qilishga xaqqi bormi? Meni narsalarimga tegishga xaqlari bormi? Iltimos maslaxat bering bir yarim yil bo‘libdi, man endi eshitdim. Men bu qilgan ishlaridan noroziman, shu darajada nafratlanib ketyapman bunaqangi insonlardan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U xonalarni sizga mulk qilib bergan bo‘lmasa yoki hadya qilingan bo‘lmasa yoki sizni mahringizga berilgan bo‘lmasa xonalarni egalari qaynota qaynonangiz bo‘lishadi. Ularni o‘zlarini mulki bo‘lganidan keyin xohlaganidek tasarruf qilishadi. Agarda sizning mulkingiz bo‘lsa ham, yaxshi gumonda bo‘ling. Hojatlari bo‘lsa, foydalanib turishgandir. Bu nafratlanadigan darajadagi ish emas. Zero musulmon kishing ko‘nglida boshqa musulmonga nisbatan g‘illu g‘ash bo‘lmaydi. "Hashr” surasining 10-oyatida shunday deyiladi:"Ulardan keyin kelganlar: «Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qilgin, qalbimizda iymon keltirganlarga nafrat solmagin, ey Robbimiz, albatta, sen shafqatli va mehribonsan», derlar".   Bu kabi mayda narsalarga e’tibor bermasdan, ibodatda va eringizning xizmatida bardavom bo‘ling. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 161 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar