Qanday qilib do‘stimni umidini qaytarsam bo‘ladi
Assalomu alaykum! Mening bir dostim bor u bedavo oq qon (rak) kasaliga chalingan. Unga hama narsa ollohdan, olloh shifo bersa sogayishi haqida kop aytdim. Lekin uning umidi tobora yoqalib boryapti. Nima qilib uni umidini yanada köpro qaytarsam boladi. Duolarimda unga shifo sorayman. Yana qaysi duolar bilan unga yanada köpro shifo sorasam boladi. Oldindan raxmat. Sizlardan Olloh rozi bolsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz umidini qaytarishga urinmang. Iymoni mustahkam bo‘lib, iymon bilan o‘tishiga yordam bering. Hamma ham bir kun vafot topadi. Muhimi tavba qilib iymonda o‘tib qolish. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».
Ushbu ettita hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor.
Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 138 | Tabobat