Hadis sharhi va Taqvim

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh! Shu Hadisni sharxlab berila ustozlar, iltimos. Ikkinchi yarmiga tushunomayapman. 1.Termiziy va Nasoiy keltirgan rivoyatda shunday deyilgan: «Payg‘ambaralayhissalom masjidda she’r aytishdan, oldi-sotdi qilishdan va juma kuni namozdan oldin halqa bo‘lib o‘tirishdan qaytardilar». «Solati Mas’udiy»da aytilishicha, hadisi sharifda shunday deyilgan: «Har kim masjidda dunyoviy so‘zlarni gapirsa, masjid farishtalar uchun badbo‘yislarga tӳlib, ular namozxonlarning og‘izlari sassiqligiga toqat qilolmay, masjidni tark etib chiqib ketadilar. Ular shunda Alloh taologa iltijo qilib: «Ey Parvardigoro, bandalaring bizlarni uyingdan haydab chiqarib yubordi», deb shikoyat qilishadi. Alloh taolo: «Uzimning izzatim va jalolimga qasamyod qilib aytamanki, Men Parvardigordirman, ularga qisiq ko‘zli, berahm bir jamoani ro‘para qilurmanki, ularni ham uylaridan quvib chiqargaylar», deydi». 2. Shayx Xazratimiz rahmatullohi alayhning "Xadis va Xayot" turkumlarining Ro‘za kitobi Subhi Kozib va Subhi Sodiq masalasidagi xadisni sharh qilib o‘tgan ekanlar (Islom.Uz dasturida maqola chiqdi shu xaqida). Undan tashqari yaqindagina bir Telegram kanalida maqola chiqdi aynan subhi Sodiq masalasi bo‘yicha. Usha maqolada aytilishicha Subhi Sodiq taqvim bo‘yicha usha erning 18° o‘lchovi bo‘ganida kirar, lekin bizda ko‘pincha xato qilib taqvimlarda 15° olinar ekan. Usha maqolada "Zikr ahlidan so‘rang", ya’ni sizlarni ushbu mavzuga tegishli savollarga bergan javoblaringizni ilova qlishbti. O‘qib manam taqvimmi 18° qlib to‘g‘irlab qo‘ydim. Ayniqsa Ro‘za oyida bu narsaga jiddiy etibor berish kerak dib uqtirgan ekansla. Yuqoridagi hadis sharhidan keb chiqib 15° va 18° lik taqvimni Subhi Sodiq va Subhi Kozibga bog‘liq joyi bormi? Ustozlar lekin bu masalada man xabardor bo‘ganimdan keyin boshqalarniyam (oila azolarim, qarindoshlarim, do‘stlarim) ogox qlib, xabardor qisam kichkina ixtiloflar chiqib qovoti. Shu yuzasidan manga nasixat qlila, yoki bu vaziyatga qanaqa yondashish kerak aslida?! 3. Ziyodulla ismini ma’nosi "Allox umrini ziyoda qilib bergan bola" ekan. Agar ismda "Allox" nomi bo‘sa Ziyodullox bo‘midimi?! Yoki Ziyodulla tog‘rimi? Ukammi ismi Fayzullo, adammi ismlari Omonullo bu ismdayam ma’no buzilishi yoqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Masjid borasida hukm bizlar o‘ylaganchalik o‘ta qattiq ham emas, chollar o‘tirib olib g‘iybat qiladigan darajada keng ham emas. Ikkisining o‘rtasi. Biz zimmamizdagini etkazib qo‘yganmiz. Kim amal qilsa o‘ziga, gapingiz o‘tsa gapiring, o‘tmasa majburlamang. Qiyomatda o‘zlari javob berishadi. 18°da saharlik, 15°da bamdod o‘qiladi. Oxiridagi H larni tushirib aytish noto‘g‘ri. Savodsizligimizning belgisi. To‘g‘ri fikrlabsiz, to‘g‘rilab aytishlarini bildirib qo‘ying. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 10:18 | Savol-javoblar | 149 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar