Xizmat uchun pul olish

Assalomu alaykum! Ishlab chiqaruvchi tanishidan molini sotib berishini so‘rab ustiga qancha qo‘ysang roziman desa, uning molini ustiga narx qo‘yib sotib berish to‘g‘rimi? Ishlab chiqaruvchi sotuvchi qancha narx qo‘yganini biladi. Xuddi shu vaziyat xizmat ko‘rsatish soxasida bo‘lsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Sotib bermoqchi bo‘lsangiz xizmat haqingizni tayin qilib oling. Masalan 110ga sotaman 10 meniki, 100 seniki kabi. 110dan ortig‘iga sotsam unisi ham meniki deb kelishib oling. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:08 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar