Ota-onaning ibodat qilmasligi

Assalomu alaykum! Alloh xammangizning ilmingizni ziyoda kilsin. Oilaviy baxtu saodat bersin. Hurmatli Ustozlar 24 yoshga kirdim. Xudoga shukur Alloh buyurgan ibodatlarni o‘z vaqtida qilaman. Xar namozda va har juma namozida jamoatdan ota-onamga xidoyat so‘rab duo olaman. Onam irm qiladigan. Otam aroqqa ruju qo‘ygan. Onamga "Shu irmlar yordam berdimi desam kinnachi opa aytgan qilishim kerak" deydilar. Shu payt Qur’ondagi "Ularni ko‘zlari ko‘r, quloqlari garang" degan oyat esimga tushadi. Axir ota-ona farzandi uchun duo qilishi kerakku. Lekin bizni oilada duo xam nomiga qilinadi. Namoz o‘qishni xoxlashmaydi. Men nima qilishim kerak. Javobini telegram tarmog‘iga jo‘natsangiz. Bizga o‘xshab qiyin axvolda qolganlar kerak. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:  Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Robb(Alloh taolo)ning roziligi otaning roziligiga bog‘liqdir. Robbning g‘azabi otaning g‘azabiga bog‘liqdir” deganlar. Alloh taolo Isro surasida “Ota-onanga uff dema, ularni jerkima” deb marhamat qilgan” degan. Fuqaholarimiz ota-ona xato qilsa ularni bir bor yaxshilikka buyuradi. Agar qabul qilsalar qanday ham yaxshi, agar xushlamasalar sukut qilish va ularning haqqiga duo-istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lish kerak. Shunda Alloh taolo ikkisi tomonidan uni g‘amga solayotgan narsaga kifoya qiladi – deganlar. Ota-ona bilan baxslashsa bo‘ladimi degan savolga, ularning oyoq kiyimi bilan ham baxslashmaslik kerak deyilgan. Oxiratini kuydirib olmasin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:42 | Savol-javoblar | 154 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar