Xutbada hassa ushlash

Assalomu alaykum! Imomlarimiz qo‘llariga uzun kaltakni ushlab xutba qiladilar. Bu amal sunnat deyishadi. Haqiqatdan ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam qo‘llarida biron bir kaltakni ushlab xutba qilganlarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savol: Assalomu alaykum! Juma va hayit xutbasi vaqtida xotib minbarda nima uchun hassa ushlab turadi? Javob: Bu Fatavoi Tatarxoniyada: “Imom qilich yoki asoga suyanib xutba qilsa joiz. Lekin makruh”, deyilgan. Fatavoi Hindiyda: “Imom qilich yoki asoga suyanib xutba qilishi makruhdir. Xulasatul fatavo va Muhiytda ham shunday”, deyilgan. Hanafiy mazhabida sahih qavlga ko‘ra asoga suyanish joiz, makruh emas. (Sharhu sifris saoda). Raddul muxtor kitobida: “Aso tutish qoim turish kabi sunnatdir” deyilgan. Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda “Rasululloh solallohu alayhi vasallam (xutba qilayotganlarida) aso yoki qilichga suyanib turdilar”, deyilgan. Ashraf Ali Tahonaviy rohimahulloh “Asoga suyanish sunnat. Lekin sunnati muakkada emas.  Sunnati muakkada yoki zaruriy deb bilish hamda aso tutmaganni malomat qilish  makruhdir. Omma jumaning shartlaridan deb o‘ylab qolmasliklari uchun goh goh tark qilib turish kerak” degan.

30 Aprel 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 178 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar