Ayol kishi vafot etgandan so‘ng
Assalomu alaykum! Ayol kishi vafot etgandan so‘ng uning yoniga umr yoldoshi kirish xarom deyilyapti. Buni qanday tushinish kerak? Umr bo‘yi yashab turib o‘lgandan so‘ng unga xarom bo‘p qolyapti. Xadija onamiz paygambarimiz qo‘llarida jon berganllarku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo siz ismni nig‘matdan Ne’matga o‘zgartiring. Siz aytgan savoldagi javob biror yaxudiyni javobi emas. Keyin hukmga tegishli hadislar sanoqli, masalalar esa sanog‘i yo‘q. Shunday ekan har bir masalaga bittadan hadis bo‘lishi shart emas. hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zamonalarida ham sahobalar turli o‘lkalarga jo‘natilganlar va ularni huzurida ham har bir masala uchun oyat va hadislar bo‘lmagan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari oyat hadisdan dalil topa olmasangi ijtihod qilgin deb buyurganlar. Imom Ahmad, imom Abu Dovud, imom Termiziy, imom Dorimiy, imom Bayhaqiy, imom Ibn Sa’d va imom Ibn Abdul Barrlar rivoyat qiladilar:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam sahobalardan Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhuni Yamanga o‘zlarining vakillari qilib yuborayotib, u kishiga:
«Agar senga bir hukm chiqarish kerak bo‘lib qolsa, qanday qilib hukm chiqarasan?» dedilar.
«Allohning Kitobi ila hukm chiqaraman», dedi.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Allohning Kitobida bo‘lmasa-chi?» dedilar.
«Rasulullohning Sunnati ila», dedi.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Rasulullohning Sunnatida ham bo‘lmasa-chi?» dedilar.
«O‘z ra’yim bilan ijtihod qilaman. Bo‘sh kelmayman», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning ko‘ksiga urib:
«Rasulullohning elchisini Rasulullohni rozi qiladigan narsaga muvaffaq qilgan Allohga hamdlar bo‘lsin», deb nihoyatda mamnun bo‘ldilar».
Shariat sizu bizni aqlimiz bilan joriy qilingan narsa emas. Bir kishini 4ta ayoli bo‘lib birini taloq qilsa iddasi chiqmagunicha o‘rniga boshqa ayolga uylanishi joiz emas. chunki idda chiqqunicha er-xotinlik aloqalari tugamagan bo‘ladi. hatto iddasi ichida yana taloq qo‘ysa talog‘i tushaveradi. Ammo taloq qo‘yish o‘rniga 4 ayoldan biri vafot topsa o‘rniga boshqasiga uylanishi joiz. Chunki ayol vafot topishi bilan o‘rtadagi nikoh butkul uziladi. Shu va shu kabi bir necha masalalar ayol vafot topishi bilan o‘rtadagi nikoh uzilishiga dalolat qiladi. O‘rtada nikoh bo‘lmagach yuzi, kafti va qadamidan boshqa joylariga qarash eriga qarash joiz bo‘lmaydi. To‘g‘ri fuqaholardan ba’zilari nikoh uzilmasligini aytganlar. Bunga Aliy roziyallohu anhu Fotima onamizni o‘zlari g‘usl qildirganliklarini dalil qilishadi. Hanafiy fuqaholari esa yuqoridagi dalillarni e’tiborga olib ayolning vafoti bilan nikoh uziladi deganlar. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 18:43 | Savol-javoblar | 169 | Islam