Majburiy to‘lov

Assalomu alaykum! Biz xar oy choyxona qilamiz va shu choyxonaga bir kishi kelolmasa choyxona uchun to‘lovni kelsa kelmasa majburiy qilib qo‘yganmiz. Bundan ikkita maqsad bor. Do‘stlarimiz soni kamaymasligi, chunki pul bersa albatta kelishga xarakat qiladi. Choyxona arzonroq tushishi. Bu zulm emasmi? Do‘stlarimiz kanalingizni kuzatib borishadi extimol javobingizni ko‘rib o‘zlariga xulosa chiqarishar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Emagan oshiga pul to‘latmanglar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar