Sudxo‘rlikdan tavba qilish
Assalomu alaykum! Mening ikkita yaqin do‘stlarim og‘ir gunox ishga ko‘l urib qo‘yishdi. Biri ikkinchisiga 2000 dollar pul bergan. Ikkinchisi 1yildan so‘ng unga 2.500 dollar qilib qaytarib berishga rozi bo‘lgan. Bu voqeani bilganimdan so‘ng ularga bu ayni sudxo‘rlik va buning gunoxi og‘ir ekanligini tushuntirdim. Xozirda ular qilgan ishlaridan pushaymon va berilgan pul o‘zining miqdorida qaytarib beriladigan bo‘ldi lekin buning kafforati qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juda yaxshi ishni qilibsiz. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: فَإِن لَّمْ تَفْعَلُواْ فَأْذَنُواْ بِحَرْبٍ مِّنَ اللّهِ وَرَسُولِهِ وَإِن تُبْتُمْ فَلَكُمْ رُؤُوسُ أَمْوَالِكُمْ لاَ تَظْلِمُونَ وَلاَ تُظْلَمُونَ 279. Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo‘ladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o‘zingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas.
Ya’ni «Agar iqtisodiy muomalalaringizda o‘rtadan riboni ko‘tarib, uning sarqitlarini tark etmasangiz, Alloh va Uning Payg‘ambari sizga qarshi qattiq urush ochadi. Agar tavba qilib, riboxo‘rlikdan qaytsangiz, sarmoyangizni olasiz. Shunda siz sudxo‘rlik bilan birovga zulm qilmagan bo‘lasiz va sizga ham zulm qilinmagan bo‘ladi.
Ibn Hibbon va boshqa hadis olimlari Zayd ibn Aslamdan rivoyat qilishlaricha, johiliyat davrida Banu Saqif va Banu Mug‘iyra qabilalari o‘rtasida ribo asosida muomala bo‘lgan ekan. Islomga kirganlaridan so‘ng Banu Saqif qabilasi Banu Mug‘iyradan ribo olmasliklarini iltimos qilibdi. Banu Mug‘iyra o‘zaro maslahatlashib, «Islomda bo‘lganimizdagi muomalalardan ribo olmaymiz, undan avvalgisidan olamiz», – deyishibdi. O‘sha paytda Makkai Mukarramada boshliq bo‘lib turgan Itbon ibn Usayd roziyallohu anhu bu haqda Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalomga xat yozganlarida:
«Ey iymon keltirganlar! Agar mo‘min bo‘lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling. Agar unday qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo‘ladigan urushga ishonavering...» oyatlari nozil bo‘ldi.
Payg‘ambar alayhissolatu vassalom bu haqida Itob ibn Usayd roziyallohu anhuga xabar berdilar va u kishini agar Banu Mug‘iyra riboxo‘rlikni tark qilmasalar, ularga qarshi urush qilishga buyurdilar. Xabar etganda, Banu Mug‘iyra: «Tavba qilamiz, riboning sarqitini tark etamiz», – dedilar.
Payg‘ambar alayhissolatu vassalom Makkai Mukarramani fath qilgan kunlaridagi xutbalarida johiliyatdagi barcha ribolarni bekor qilganliklarini, birinchi bo‘lib amakilari Abbos ibn Abdulmuttolib roziyallohu anhuning ribolarini qarzdorlar bo‘ynidan tushirganliklarini e’lon qildilar.
Demak, Islomda ribo asosida moliyaviy aloqa olib borish mutlaqo harom qilingan. Nochor holga tushib, turmush o‘tkazish yoki ish yuritish uchun sarmoyaga muhtoj bo‘lib qolgan shaxs bilan xayri-ehson yoki yaxshi qarz berish ila moliyaviy aloqa olib borish lozim. Keyingi oyatda ana o‘sha aloqalardan biri – qarzga oid hukmlarning bayoni keladi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
8 May 2022, 18:53 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar